Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati D.Xojiyev tomonidan “Deputat mahallada” loyihasi doirasida Navbahor mahallasi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar o‘rganilib, ayrim muammolar joyida tushuntirish va tavsiyalar berish orqali ijobiy hal etildi.
Xususan, mahalla faoli M.Rahimov tomonidan Matonat va Hamroh ko‘chalariga tungi yoritgichlar o‘rnatish, yoz mavsumida tomorqalarga nasos orqali suv yetkazib berish, shuningdek, elektr tarmoqlari bo‘yicha qarzdorlik masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi.
Ushbu masalalar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tashkilotlarga belgilangan tartibda deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijobiy hal etilishi nazoratga olindi.