Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUHOFAZASI BO‘YICHA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Deputat va bandlik bo‘limi hamkorligi: Ishsizlikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida yangi qadamlar.
янв.21
TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI!
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlari Sobirjon Baxtiyorovich Allayorov va Nafosat G‘anjayevna Allaberganova, “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi Otaxon Abdullayev rahbarligida ishchi guruh tuzib, tegishli masʼul tashkilotlar mutaxassislarini jalb qilgan holda ijtimoiy reyestrda turgan oilalar bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandilar.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolariga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning holati, ularning ehtiyoj va muammolari tahlil qilindi.
Shuningdek, kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalar aʼzolarining imkoniyati, mutaxassisligi, salohiyati va xohish-istaklari inobatga olingan holda, ularni doimiy ish bilan taʼminlash hamda barqaror daromad manbaiga ega qilish masalalari o‘rganildi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish, oila aʼzolarining bandligini taʼminlash va turmush sharoitini yaxshilashga kelishib olindi.