Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUHOFAZASI BO‘YICHA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Deputat va bandlik bo‘limi hamkorligi: Ishsizlikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida yangi qadamlar.
янв.21
TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI!
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
OLIY MAJLIS SENATINING 19-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

OLIY MAJLIS SENATINING 19-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

10-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 19-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Senat a’zolari, Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Yalpi majlisga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva raislik qildi.

Majlis jarayonida Namangan viloyati studiyasidan ham ishtirok etildi. Unda Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov, viloyat Kengashi deputatlari, mas’ul tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, tuman va shahar Kengashlari deputatlari qatnashdi.

Yalpi majlisda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari Z. Sapaev va G. Rahimova ham ishtirok etdi.

Kun tartibidan muhim qonun loyihalari hamda hududiy masalalar o‘rin oldi.

Jumladan:

🔹 “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

🔹 “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

🔹 Navoiy viloyatining Zarafshon shahri va Tomdi tumani chegaralarini o‘zgartirish masalasi;

🔹 Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlari chegaralarini o‘zgartirish masalasi;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masalalar aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, hududiy boshqaruvni takomillashtirish hamda qonunchilikni zamon talablari asosida rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Slide 1 of 4