Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Mamlakat kelajagiga dahldorlik ta'limdan boshlanadi"
янв.21
"Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!"
янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 7-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Prezident qarorlari ijrosi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
#sessiya
янв.21
Хalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining 5-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 104-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda
SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHDA MUAMMOLARINI OʻRGANILMOQDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Dildora Ismoilova Oʻktamovna Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Chamanzor” mahallasida yashovchi saylovchilari bilan uchrashib, ularni oʻylantirib kelayotgan muammolarini oʻrgandi. 

Saylovchilar bilan suhbatlashilganda, Chamanzor mahallasidan oʻtgan zaxkashlarning koʻmilib qolganligi sababli aholi tomorqalariga zaxning va shoʻrlanishning oʻtib qolishi oqibatida, tomorqa ekinlari nobud boʻlayotganidan aziyat chekayotganliklarini taʼkidlab oʻtishdi. Mahalla drayveri dehqonchilik va chorvachilik ekanligi ammo aholining qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirishda sugʻorish uchun oqar suv yetishmovchiligi muammosidan qiyinchilik va muammolarga duch kelinayotgani aholi tomonidan bayon etildi. 

Shuningdek, aholining ichimlik suvining markaziy-magistral quvurlardan mahallalarga oʻtgan ichki quvurlarining chirib-eskirib ketganligi, taʼmirtalab ahvolda ekanligi sababli aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanishida bir qator qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligini eʼtiroz etishdi.

Mahallada istiqomat qiluvchi saylovchilarning sog‘ligini tiklash, ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarda yordam soʻrab qilgan murojaatlar deputat tomonidan eʼtiborga olindi va yechimini topish choralari ogʻzaki va deputatlik soʻrovlari orqali boshlab yuborildi. 

Slide 1 of 4