Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

«Yangi Davr» mahallasi yoshlari bilan ochiq muloqot

📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Baxrom Xudoyarov «Yangi Davr» mahallasi yoshlari ishtirokida «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» tadbirini o‘tkazdi.

❗️Uchrashuvda yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va kasb-hunarga jalb qilish, shuningdek, ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.

📝Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va muammolarini bildirib, ular yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdilar.

✅Muloqot davomida bildirilgan taklif va murojaatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1