DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
📚 “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun — deputatlik faoliyatida muhim huquqiy asos
⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Qurilish, agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi kotibi, deputat Kamolova Nargiza Olimjon qiziga biriktirilgan qonunlardan biri — “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun hisoblanadi.
📌 O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi №754-XII-sonli Qonuni
📅 Qabul qilingan sana: 09.12.1992-yil
💡Mazkur qonun tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni asrash hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.
🌱 Deputatlik faoliyati doirasida ushbu qonun talablarining hududlarda ijrosini o‘rganish, ekologik holatni yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish, obodonlashtirish va fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
♻️ Tabiatni asrash — bugunning mas’uliyati, kelajak avlod oldidagi burchimizdir!
📎 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining Qurilish, agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi