Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“OCHIQ BUDJET” LOYIHASI G‘OLIBLARI TAHLIL QILINDI.
янв.21
FUQAROLAR MUHOFAZASI BO‘YICHA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Deputat va bandlik bo‘limi hamkorligi: Ishsizlikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida yangi qadamlar.
янв.21
TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI!
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
#munosabat

🔰#munosabat

🔽Energiya tejamkorligi va ishlab chiqarish samaradorligi uchun muhim qadam

⚡️Yirik iste’molchilar uchun kunduzgi vaqtda elektr energiyasi tarifining arzonlashtirilishi — energiya resurslaridan oqilona foydalanish va iste’molni kun davomida maqbul taqsimlashga xizmat qiladigan muhim chora.
⚡️Yangi tartibga ko‘ra, soat 09:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan yarim tiqiz davrda bazaviy tarifga nisbatan 1,5 baravar kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llanilib, 1 kVt⋅soat elektr energiyasi uchun to‘lov 1100 so‘mdan 733 so‘mga tushiriladi.
⚡️Menimcha, mazkur yondashuv, avvalo, tadbirkorlik subyektlari va yirik ishlab chiqarish korxonalari uchun energiya xarajatlarini maqbullashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini kunduzgi vaqtga moslashtirish hamda energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirishga zamin yaratadi.
⚡️Elektr energiyasidan samarali va tejamkor foydalanish — nafaqat iste’molchi, balki butun energetika tizimi barqarorligi uchun ham muhim.

Sanjar Qaxxorov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt