Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Q. Ubaydullayevning shaxsiy kunlik ish rejasiga muvofiq, Namangan shahar 16-Chorsu okrugi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida tegishli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur o‘rganish davomida mahallada yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati tahlil etildi.
Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.