Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar va yoshlar: ochiq muloqot, muhim tashabbuslar

Deputatlar va yoshlar: ochiq muloqot, muhim tashabbuslar

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan “Yoshlar maslahat guruhi” a’zosi Urazbayev Jasurbek Alisher uli tashabbusi bilan 9-sonli maktab bitiruvchilari ishtirokida “Deputatlar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

👥 Uchrashuvda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich, Kengash kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich hamda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich ishtirok etdi.

💬 Ochiq muloqot davomida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim, kasb tanlash va kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashdilar. Yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi, ularni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikrlar bildirildi.

✨ Samimiy va erkin ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘z fikrlarini ochiq bayon etib, deputatlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

📌 “Yoshlar maslahat guruhi”ning bunday tashabbuslari yoshlarning fikrini eshitish, ularning takliflarini Kengash faoliyatiga yaqinlashtirish va yoshlar bilan deputatlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3