Namangan shahrida muammo o‘rganilib, deputat so‘rovi yuborildi
Аholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida Namangan shahar Iftixor mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mahallaning Suvjuvoz ko‘chasida yog‘ingarchilik vaqtida doimiy ravishda suv to‘planishi aniqlanib, natijada ushbu hududda harakatlanuvchi aholi va o‘quvchilar uchun qator noqulayliklar yuzaga kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
📨 Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.
📊 Holat nazoratga olindi hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.