Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati S.B. Allayorov “PITHAK ORTO LIFE” klinikasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan stomatologik xizmatlar bilan tanishdi.
🔹 Tashrif davomida klinika ta’sischisi, oliy toifali stomatolog shifokor Xushnud Matyoqubov bilan klinikada ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mavjud imkoniyatlar hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati haqida suhbatlashildi.
🔹 Shuningdek, mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
📌 Deputatlar tomonidan hududdagi tibbiy xizmatlar holatini o‘rganish, aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish hamda aniqlangan muammolarni hal etishga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.