35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 IJTIMOIY HIMOYAGA AJRATILAYOTGAN MABLAG‘LAR NAZORAT QILINDI

Tuman Kengashi deputati S. Allayarov tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi xodimlari bilan birgalikda aholining ijtimoiy himoyasi uchun ajratilayotgan mablag‘larning belgilangan tartib va manzillilik asosida yetkazilishini nazorat-tahlil doirasida o‘rgandi.

🔹 O‘rganish davomida ajratilayotgan mablag‘larning belgilangan maqsadga yo‘naltirilishi, ularni fuqarolarga o‘z vaqtida va manzilli yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹 Shuningdek, mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.