O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tumanning “Burchmullo” mahallasi istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov va tuman hokimi o‘rinbosari L.Shodiyeva tomonlaridan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔻Murojaatda oilaviy kelishmovchiliklar tufayli yashash sharoiti bilan bog‘liq qiyinchilikka duch kelgan ayol o‘zining alohida yashashi uchun uy-joy masalasida amaliy yordam so‘ragan. Mazkur murojaatni atroflicha o‘rganish maqsadida mas’ullar tomonidan fuqaroning xonadoniga borilib, uning yashash sharoiti, oilaviy muhiti va murojaatda ko‘rsatilgan holatlar joyida ko‘zdan kechirildi.
🔻O‘rganish jarayonida masalani nizoni yanada keskinlashtirmasdan, oila a’zolarining o‘zaro manfaatlarini inobatga olgan holda hal etishga alohida e’tibor qaratildi. Natijada, fuqaroning uy-joy bilan bog‘liq murojaati joyida hal etildi. Kelgusida oiladagi kelishmovchiliklarning oldini olish, mavjud masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish va sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.