🏛 Xalq deputatlari Kengashining tavsiyasiga ko‘ra, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi holati o‘rganib boriladi.
🔎 Xususan, Shovot tumanida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish, shuningdek, “Namunaviy xavfsiz ko‘cha” va “Namunaviy xavfsiz uy”larni tashkil etish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
📹 Mazkur yo‘nalishda Zamondosh mahallasida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari holati ham ko‘zdan kechirildi.
👤 O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O. Xolboyev hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan amalga oshirildi.
🤝 O‘rganish davomida mablag‘larning belgilangan maqsadlar asosida sarflanishi, amalga oshirilgan ishlarning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.