Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQAROLAR MUHOFAZASI BO‘YICHA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Deputat va bandlik bo‘limi hamkorligi: Ishsizlikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida yangi qadamlar.
янв.21
TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YOSHLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI!
янв.21
IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
#_Kotibiyat_faoliyati Kunlik ish rejalari muhokama qilinib, vazifalar belgilab olindi
#_Kotibiyat_faoliyati
Kunlik ish rejalari muhokama qilinib, vazifalar belgilab olindi


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi mudiri M.Ashurov boshchiligida Kengash kotibiyati xodimlari N.Xamdamova, A.Nasritdinov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Kengash faoliyati doirasida bugun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, bajarilishi zarur bo‘lgan vazifalar hamda kun davomida olib boriladigan amaliy tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ish jarayonlarini samarali tashkil etish, deputatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda kun tartibidagi masalalarni tizimli ravishda amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Kun davomida amalga oshiriladigan ishlar yo‘nalishlar kesimida ko‘rib chiqilib, har bir vazifaning ijrosi bo‘yicha mas’ullar va bajarish tartibi kelishib olindi.

Yig‘ilish yakunida kunlik ish rejasi aniq belgilab olinib, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, ishlarni sifatli tashkil etish belgilandi.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi faoliyatida ishlarni tizimli tashkil etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholining murojaat va takliflari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 1