35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
Aholi murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tumanning “Baymurzayev” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida joriy yilning may oyida kuzatilgan suv toshqini oqibatida ichki yo‘lning asfalt qoplamasi jiddiy zararlanganligi, umumiy uzunligi qariyb 200 metr bo‘lgan yo‘lning asfalt qoplamasi suv oqimi ta’sirida oqizilib ketilganligi, yo‘lning ayrim qismlarida harakatlanish uchun noqulayliklar yuzaga kelganligi aniqlandi.

🔺Mazkur holat mahalla aholisining kundalik qatnoviga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, ayniqsa, transport vositalari harakatida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi. Yo‘l qoplamasining buzilishi kelgusida yog‘ingarchiliklar davrida muammoni yanada og‘irlashtirishi va yo‘lning qolgan qismlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.

🔺Deputat tomonidan yo‘lning hozirgi holati joyida ko‘zdan kechirilib, suv toshqini oqibatida yetkazilgan zararni bartaraf etish, yo‘l qoplamasini qayta tiklash va aholi uchun xavfsiz hamda qulay harakatlanish sharoitini yaratish zarurligi qayd etilib, yo‘lning zararlangan qismi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli choralar ko‘rilishi maqsadida deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 4