Tuproqqal’a tumanida mahallalarda bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va bu borada deputatlarning mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda tuman Kengashi deputatlari, “mahalla yettiligi” vakillari, Mahallalar uyushmasi, Nuroniy jamg‘armasi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi, Inson ijtimoiy xizmatlar markazi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Seminarda ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Yakunida mahallalarda xonadonbay ishlash, aholi muammolarini o‘rganish va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.