### Maktabning yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova hamda deputat Bekzod Jabborov saylov okrugi hududidagi 12-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.