### “Open budjet” jarayonida aholi faolligi oshirilmoqda
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati Odamboy Karimov tomonidan saylov okrugi hududidagi Bekobod mahallasining Tong ko‘chasiga asfalt yotqizish bo‘yicha “Open budjet” jarayonini samarali tashkil etish, aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning jamoatchilik asosidagi ishtirokini yanada kuchaytirish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.
Deputat tomonidan mahalla faollari va fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, “Open budjet” loyihasining mazmun-mohiyati, ovoz berish tartibi, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda aholining o‘z hududidagi dolzarb muammolarni ilgari surish imkoniyatlari yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.
Muloqotlar davomida Tong ko‘chasining mavjud holati, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar o‘z taklif va mulohazalarini bildirib, mahalla hayotiga daxldor masalalarni hal etishda faol ishtirok etishga chaqirildi.
Mazkur jarayon deputatning saylovchilar bilan bevosita muloqotini kuchaytirish, aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududdagi ijtimoiy muammolarni amaliy yechishga yo‘naltirilgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ahamiyatlidir.
Instagram | Face book | You Tube