Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati Bobur Xamrayev tomonidan Bog'izag'on mahallasida hokim yordamchisi ko'magida ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan oilaviy tadbirkorlik loyihalari joyiga chiqqan holda o'rganildi.
O'rganish jarayonida O'zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi "Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi O'RQ-327-son Qonuni talablaridan kelib chiqib, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini ta'minlash, yangi ish o'rinlarini yaratish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarning amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, mazkur loyihalarni hayotga tatbiq etish orqali mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish va aholi farovonligini oshirishga alohida e'tibor qaratildi.