Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati I. Jumanazarov mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan birgalikda mahalla xotin-qizlari bilan uchrashib, samimiy suhbat o‘tkazdi.
Suhbat davomida xotin-qizlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar, bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni hal etish yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy yechim topish bo‘yicha kelishib olindi.