35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
656-SON QAROR IJROSI: MAS’UL TASHKILOTLARDAN ANIQ MA’LUMOTLAR SO‘RALDI

656-SON QAROR IJROSI: MAS’UL TASHKILOTLARDAN ANIQ MA’LUMOTLAR SO‘RALDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qarori ijrosini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
🔎 Shu maqsadda doimiy komissiya tomonidan Pastdarg‘om tumani hokimi o‘rinbosari S.Xamrayevga 2026-yil 25-avgustdagi 32-kx-487-26-son rasmiy xat yuborildi.
Rasmiy xat orqali tumanda yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq raqamlar va tahliliy ma’lumotlar so‘raldi.
Jumladan:
▫️ tumandagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning umumiy soni, yosh va ijtimoiy toifalari;
▫️ ularni uy-joy bilan ta’minlash va uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
▫️ ta’lim, kasb-hunar, bandlik va mustaqil hayotga tayyorlash bo‘yicha natijalar;
▫️ oilaviy muhitga yaqin sharoitlarda tarbiyalash, oilaga joylashtirish, vasiylik, homiylik va farzandlikka olish bo‘yicha ishlar;
▫️ moddiy, tibbiy, psixologik, huquqiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash holati;
▫️ 656-son qaror ijrosi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning amalga oshirgan ishlari va erishilgan natijalari;
▫️ hokimlik, mahalla, ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik va boshqa tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik holati;
▫️ 2025–2026-yillarda amalga oshirilgan ishlar, ajratilgan mablag‘lar va ularning maqsadli sarflanishi haqida ma’lumotlar so‘raldi.
📊 Shuningdek, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan tahliliy va asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
📅 Tegishli ma’lumotlarni 2026-yil 10-sentyabrga qadar taqdim etish belgilandi.
🎯 Maqsad — 656-son qaror ijrosini raqamlar, natijalar va amaliy holat asosida baholash hamda mavjud muammolarni manzilli bartaraf etish.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va manfaatlari — doimiy komissiya nazoratida!