35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
656-SON QAROR IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 656-SON QAROR IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 656-son qarori ijrosini tumanda ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi.
🔎 Yig‘ilish davomida qaror ijrosining amaliy holatini o‘rganish maqsadida mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirilgan savolnoma ishlab chiqildi.
Savolnomada, jumladan:
▫️ tumandagi yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning uy-joy bilan ta’minlanganlik holati;
▫️ uy-joyga muhtoj sifatida ro‘yxatga olingan va “onlayn-navbat” tizimiga kiritilganlar soni;
▫️ 2026-yilda uy-joy bilan ta’minlangan yoshlar va navbatda qolayotgan fuqarolar;
▫️ ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimidan foydalanayotganlar soni va amaliy natijalar;
▫️ yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, kasbga o‘qitilishi va bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
▫️ mavjud muammolar, ularni bartaraf etish uchun mas’ullar va aniq muddatlarga oid savollar o‘rin oldi.
🤝 Shuningdek, mahalla – “Inson” markazi – hokimlik – Ijtimoiy himoya agentligi o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy samaradorligiga ham alohida e’tibor qaratildi.
🎯 Doimiy komissiyaning asosiy maqsadi — 656-son qarorda belgilangan kafolat va imtiyozlarning Pastdarg‘om tumanida to‘liq va manzilli ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishdan iborat.
Muammo — mas’ul — muddat — natija. Deputatlik nazorati davom etadi.