35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
AHOLI BILAN MULOQOTDA KO‘TARILGAN MASALA NAZORATDA

 AHOLI BILAN MULOQOTDA KOʻTARILGAN MASALA NAZORATDA 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyat mudiri R.Nodirov,
“Madad” NNT tuman vakili X.Qodirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.Toʻxtasinov
tomonidan Toshkent mahalla fuqarolar yigʻinining Muruvvat koʻchasida oʻrganish
ishlari olib borildi.
 

Oʻrganish davomida koʻchaboshi K.Ergashev bilan birgalikda
ichki koʻchalar holati koʻzdan kechirilib, aholi bilan muloqot qilindi. Suhbat jarayonida
fuqaro Sh.Ibragimova tomonidan koʻchada amalga oshirilgan asfaltlash ishlari
yakuniga yetkazilmay, 50 metr yoʻl qismi asfaltlanmay qolgani yuzasidan murojaat
bildirildi.
 

Mazkur masalani hal etish maqsadida mahalla raisiga zarur hujjatlarni
belgilangan tartibda rasmiylashtirib, tuman hokimligiga taqdim etish tavsiya qilindi.
Masala Kengashda koʻrib chiqilishi belgilandi.
 

Aniqlangan muammo va takliflar “Deputatning koʻcha aylanish
daftari”ga qayd etildi hamda ularni ijobiy hal etish masalasi deputatlik nazoratiga
olindi.
  

Slide 1 of 5