35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, 2-Saxovat saylov okrugi deputati S. Azizov tomonidan joriy yilning 25-may kuni deputatlik so‘rovi yuborilgan edi. Mazkur so‘rovda Miltiqsozlar mahallasidagi Baraka ko‘chasining yo‘l holatini yaxshilash, xususan, ko‘chani asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilgan.

Yillar davomida yo‘lning ta’mirtalab holati mahalla aholisi uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarib kelgan. Ayniqsa, mavsumiy yog‘ingarchiliklar vaqtida piyodalar va transport vositalarining harakatlanishi yanada qiyinlashgan.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan ushbu masala tegishli tashkilotlar e’tiboriga yetkazilib, deputatlik so‘rovi asosida zarur chora-tadbirlar belgilandi. Natijada qisqa muddat ichida Miltiqsozlar mahallasi Baraka ko‘chasida keng ko‘lamli asfaltlash ishlari amalga oshirildi.

Bugungi kunda ko‘chaning asfalt qoplamasi yangilanib, aholining piyoda va avtotransport vositalarida xavfsiz hamda ravon harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi.

Mazkur ishlar, avvalo, fuqarolar murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni tegishli tartibda hal etishda deputatlik nazoratining amaliy ahamiyati katta ekanini ko‘rsatmoqda.

Baraka ko‘chasining asfaltlanishi mahalla aholisi uchun shunchaki obodonlashtirish ishlari emas, balki yillar davomida kutilgan muammoning ijobiy yechimi bo‘ldi. Eng muhimi, saylovchilar tomonidan bildirilgan muammo xalq vakili orqali tegishli tashkilotlar e’tiboriga yetkazilib, aniq natija bilan yakunlandi.

Bu kabi amaliy ishlar deputatning o‘z saylov okrugidagi aholi bilan doimiy muloqoti, ularning muammolarini o‘rganishi va ularni hal etish bo‘yicha qat’iy tashabbus ko‘rsatishi naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etadi.

Slide 1 of 4