35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
Obod mahalla — farovon hayot sari muhim qadam

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.A. Xusainov tashabbusi bilan 17-Bek-to‘pi saylov okrugi hududida joylashgan Bek-to‘pi va Al-Xorazmiy mahallalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil va keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbusning asosiy maqsadi — mahallalar hududini yanada obod, fayzli va ko‘rkam maskanga aylantirish, eng muhimi, aholi uchun qulay va farovon yashash muhitini yaratishdan iborat.
Obodonlashtirish ishlari doirasida ko‘chalar va yo‘l yoqalari tartibga keltirilmoqda, daraxt va butalar parvarish qilinmoqda, yashil hududlar kengaytirilmoqda, jamoat joylarining sanitariya va tozalik holati yaxshilanmoqda. Har bir hududga e’tibor qaratilib, mahallalarning tashqi qiyofasini yanada chiroyli va zamonaviy ko‘rinishga keltirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Ayniqsa, ushbu bunyodkorlik ishlari “Eng fayzli hovli”, “Eng obod ko‘cha” va “Eng namunali mahalla” ko‘rik-tanlovlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bilan uyg‘un holda amalga oshirilmoqda. Tanlovlarga tayyorgarlik davomida har bir hovli, ko‘cha, yashil hudud va jamoat maskanining ozodaligi, obodligi, ko‘rkamligi va namunaviy holatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu jarayonda mahalla faollari, mas’ullar va aholi vakillarining hamjihatligi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Zero, obod mahalla faqatgina amalga oshirilgan qurilish yoki tozalash ishlari bilan emas, balki aholining o‘z yashash hududiga bo‘lgan daxldorligi, tashabbuskorligi va mas’uliyati bilan qad rostlaydi.
Bugun Bek-to‘pi va Al-Xorazmiy mahallalarida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hududlar qiyofasini tubdan yaxshilash, aholi kayfiyatini ko‘tarish, fuqarolarning obodonlashtirish ishlaridagi faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Zero, obod mahalla — farovon hayotning muhim poydevori. Obodlik esa, avvalo, o‘zimizdan boshlanadi!

Slide 1 of 4