35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
“TINCHLIK” MAHALLASIDAGI ELEKTR TA’MINOTI MASALASI IJOBIY HAL ETILDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “TINCHLIK” MAHALLASIDAGI ELEKTR TA’MINOTI MASALASI IJOBIY HAL ETILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Husniddin Ergashevning Shayxontohur tumani “Tinchlik” mahallasidagi elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Deputatlik so‘rovida Tinchlik 1-, 2-, 3-, 4-tor ko‘chalari, Beruniy, G‘. Uzaqov hamda Shayx-Zayniddin ko‘chalarida elektr energiyasi ta’minotida muntazam uzilishlar kuzatilayotgani, ayrim hollarda uzilishlar 5–6 soatgacha davom etayotgani yuzasidan fuqarolarning murojaatlari ko‘tarilgan edi.

🔎 “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ bosh muhandisi N.B. Israilov tomonidan taqdim etilgan javobda mazkur murojaat Shayxontohur elektr ta’minoti xodimlari ishtirokida o‘rganib chiqilgani ma’lum qilindi.

⚡️ O‘rganish natijalariga ko‘ra, hududdagi elektr ta’minotida kuzatilgan qisqa muddatli uzilishlar “Milliy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan “Vistavochnaya” nimstansiyasida olib borilayotgan modernizatsiya ishlari bilan bog‘liq bo‘lgani qayd etilgan.

🛠 Xususan, modernizatsiya dasturi doirasida nimstansiyadagi ma’nan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy uskunalarga almashtirish, ishlarni xavfsiz tashkil etish hamda elektr yuklamalarini teng taqsimlash maqsadida ayrim vaqtlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlarga yo‘l qo‘yilgani bildirilgan.

✅ Rasmiy javobda hozirgi vaqtda hududdagi xonadonlarga elektr energiyasi me’yoriy sxema asosida uzatilayotgani va deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala ijobiy hal etilgani ma’lum qilindi.

🔺 Shuningdek, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent shahrini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi barcha 35–110 kV nimstansiyalar “Milliy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufiga o‘tkazilgani haqida ham ma’lumot berilgan.

🤝 Shu tariqa, deputat Husniddin Ergashev tomonidan aholi murojaatlari asosida ko‘tarilgan elektr ta’minoti masalasi mutasaddi tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, uzilishlarning sabablari aniqlashtirildi hamda ayni paytda elektr energiyasi ta’minoti me’yoriy tartibda yo‘lga qo‘yilgani bildirildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1