35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
BO‘ZATOVDA MUHIM YO‘L INFRASTRUKTURASI YAXSHILANMOQDA

Bo‘zatov tumani hududidan o‘tuvchi 95B123-sonli “Bo‘zatov–Shaxaman” avtomobil yo‘lining 2-km dan 15-kmgacha bo‘lgan 13 km qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur yo‘l hudud aholisi uchun muhim transport yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning ta’mirlanishi fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, aholi punktlari o‘rtasidagi transport qatnovini yaxshilashda katta ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengash kotibiyati mudiri A. Ibragimov hamda Qusxanataw OFI raisi J. Nurmanov hududga chiqib, yo‘lning amaldagi holati va olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini joyida o‘rgandilar.
O‘rganish davomida yo‘lning ta’mirlanayotgan qismidagi ishlar sifati, mavjud muammolar hamda yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi.
Yo‘l — taraqqiyot yo‘li. Uning sifatli ta’mirlanishi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholining kundalik qatnovi va transport qulayligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6