35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Sangardak” turizm majmuasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
“Sangardak” turizm majmuasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi

“Sangardak” turizm majmuasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, hudud infratuzilmasini rivojlantirish hamda sayyohlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “9-Gazarak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Odiljon Yaqubov va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Nasriddinov tegishli mas’ullar ishtirokida majmuada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. O‘rganish davomida hududni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish, mavjud obektlarni zamonaviy talablarga moslashtirish hamda hududni bayramona bezatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yashil hududlarni ko‘paytirish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
O‘rganish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z muddatida bajarish, “Sangardak” turizm majmuasida sayyohlar uchun qulay, zamonaviy va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.
Slide 1 of 3