35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
Zuhro mahallasida obodonlashtirish masalalari deputatlik nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda o‘rganish ishlari izchil olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M. Mirzayev tomonidan 15-Zuhro saylov okrugidagi Zuhro mahallasida nuroniylar hamrohligida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uylar atrofi va ularga tutash hududlarning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda aholiga qulay va munosib yashash muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasida ko‘p kvartirali uyga tutash hududlarning sanitariya holatini saqlash va obodonlashtirish bilan bog‘liq talablar belgilangan.

Mazkur talablarning mazmun-mohiyati faqat xonadonlarning ozodaligini ta’minlash bilangina cheklanmay, umumiy foydalanishdagi hududlarni ham toza, tartibli va obod saqlashni nazarda tutadi. Shu bois ko‘p kvartirali uylar atrofidagi hududlarning holati aholi farovonligi va yashash muhitining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish, hududning sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

Deputatning nuroniylar bilan birgalikda hududni o‘rganishi esa mahalladagi masalalarni bevosita aholi fikri va takliflari asosida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish hamda ijrosini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7