35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH DASTURIGA KIRITILGAN LOYIHA JOYIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “9-Tuvadoq” saylov okrugi deputati, Kengash raisi D.Karimova hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev tomonidan “Obodyurt” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 2026-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihaning ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalarining borishi, ularning yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda mahallaning iqtisodiy salohiyatini oshirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, “Hamkor xizmat 2022” masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan temir xom ashyosidan tayyor maxsulotlar ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgani o‘rganildi. Loyiha to‘liq ishga tushirilgan bo‘lib, 10 nafar ishsiz fuqaroning doimiy bandligi ta’minlanib, ular uchun barqaror ish o‘rinlari yaratilgan.

O‘rganish yakunida loyihaning belgilangan ko‘rsatkichlar asosida faoliyat yuritayotgani, yaratilgan ish o‘rinlarining barqarorligi hamda ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi.

Slide 1 of 4