35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT TADBIRKOR BILAN UCHRASHDI
янв.21
XaXalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati faoliyati — bu shunchaki muloqot emas, balki aholi manfaatlarini amalda himoya qilishdir!
янв.21
"Ijtimoiy himoya — inson qadri va aholi farovonligi uchun!"
янв.21
📌 YURIDIK XIZMATLAR KO‘RSATILISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: UY-JOY QURILISHI O‘RGANILDI
янв.21
"Obod mahalla — farovon hayot garovi!"
янв.21
📌 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, MUAMMONI O‘RGANDI
янв.21
📌 MAHALLALARDA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISHDA DEPUTATLAR MAS’ULIYATI
янв.21
📌 KAMBAG‘ALLIK VA ISHSIZLIKNI BARTARAF ETISH CHORALARI BELGILANDI
Tumanda xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Nadirova tomonidan tumanda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida “Ayollar daftari”ga kiritilgan 4400 nafar xotin-qizlarning muammolarini bartaraf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔻Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari”ning 2-toifasida turgan 6 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, 75 nafar xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashilganligi qayd etildi.

🔻Bundan tashqari, 63 nafar xotin-qizlarning xonadonlarini ta’mirlash uchun jamg‘armadan mablag‘lar ajratilganligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ijara asosida istiqomat qilayotgan 8 nafar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida zaruriy miqdorda mablag‘lar sarflanishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

🔻O‘rganish jarayonida xotin-qizlarning muammolarini manzilli hal etish, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2