Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
“Shodlik” mahallasida deputatlik nazorati: “Mahalla yettiligi” va 24 mezon asosida o‘rganish
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar 13-“Shodlik” saylov okrugi deputati A.Karimov okrugiga qarashli “Shodlik” mahallasida bo‘ldilar.

Uchrashuv davomida mahalla raisi bilan birgalikda hududda olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, “24 ta muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:

“Mahalla yettiligi” hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan faoliyati;
Deputatlik faoliyati: A.Karimovning o‘z okrugida saylovchilar bilan ishlash, muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyati;
Aholi murojaatlari: Hududda fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda ularni tizimli bartaraf etish yo‘llari.

O‘rganish yakunida mahalla raisiga aholi bilan ishlashda ochiqlik, murojaatlarni xonadonbay o‘rganish hamda mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.