Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan ilm olish imkoniyatlari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida ijtimoiy xizmatlar samaradorligi o‘rganildi.
янв.21
Mahallalar yettiligi o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.
янв.21
TOMORQA XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN YUZASIDAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI.
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oila muammosi ijobiy hal etildi.
янв.21
Deputat tomonidan aholi muammolari va ijtimoiy xizmatlar o‘rganildi.
янв.21
“Saidlar” mahallasida ijtimoiy xizmatlar holati tahlil qilindi.
янв.21
Maktabdagi to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.
янв.21
«Pastom» mahallasida aholi muammolari o‘rganildi
Budjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalasi tahlil qilindi
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan Kengashga biriktirilgan tashkilot — Termiz shahar Obodonlashtirish boshqarmasida nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi.

O‘rganish davomida boshqarmaga mahalliy budjet hisobidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi va belgilangan vazifalar ijrosiga sarflanishi atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, ajratilgan mablag‘larning qaysi yo‘nalishlarga sarflanayotgani, amalga oshirilayotgan ishlarning hajmi va sifati, xarajatlarning asoslanganligi hamda moliyaviy intizom talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, obodonlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, hududlarning sanitariya va obodonlik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligi ham ko‘zdan kechirildi. Budjet mablag‘laridan foydalanishda tejamkorlik, shaffoflik va samaradorlik tamoyillariga amal qilish zarurligi ta’kidlandi.

Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, kelgusida budjet mablag‘laridan yanada samarali foydalanish, xarajatlarning natijadorligini oshirish hamda mavjud kamchiliklarning oldini olish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbirlari Kengashga biriktirilgan tashkilot faoliyatini tizimli o‘rganish, mahalliy budjet mablag‘larining har bir so‘mi aholi manfaatlari va hudud rivoji yo‘lida maqsadli hamda samarali sarflanishini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazoratining amaliy ifodasi bo‘ldi.