Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Veterinariya va chorvachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qilindi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
Tuman Mudofaa ishlari bo‘limida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha ishchi guruh tarkibi yangilandi
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 Tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti o‘rganildi
янв.21
"Payshanba – Yoshlar kuni" loyihasi doirasidagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.Allaberganova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi hamda tuman Kengashi huzuridagi "Ekspert" guruhi mas'ul kotibi P.Rahmonov va Saxovat mahallasi raisi ishtirokida mahalla ijtimoiy xodimi Mohira Boltayevaning xizmat faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni aniqlash, ularga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalar bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda sohaga oid davlat dasturlari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, mahallada ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📝 O‘rganish yakunida mavjud ishlarni yanada takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligini oshirish hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 1