Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Payshanba – Yoshlar kuni" loyihasi doirasidagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi
янв.21
Sessiya masalalarini puxta tayyorlash yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Tuproqqal'ada yoshlar uchun muhim yangilik!🚀
янв.21
“NAVBAHOR” MAHALLASIDA TUNGI YORITGICH CHIROQLARI OʻRNATILADIMI?
янв.21
Dolzarb agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati va hamkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida ijro tashkilotining axboroti muhokama qilindi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Dolzarb agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zosi, tuman hokimi A.O.Jimalyazov tumanning "Saidlar" hududidagi "Al-Arab" fermer xo‘jaligi dalalarida o‘tkazilgan dolzarb agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etishga bag‘ishlangan amaliy seminarda ishtirok etdi.

🌱 Seminar davomida qishloq xo‘jaligi ekinlarini agrotexnik talablar asosida parvarishlash, sug‘orish ishlarini oqilona tashkil etish, mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish hamda hosildorlikni oshirishga qaratilgan dolzarb masalalar yuzasidan mutaxassislarning tavsiya va ko‘rsatmalari tinglandi.

🌾 Shuningdek, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va soha mutaxassislari ishtirokida dala sharoitida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ilg‘or tajribalarni amaliyotga keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

✅ Seminar yakunida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish hamda sohada samaradorlikni yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.