#doimiy_komissiya_qarori
QISQA MAZMUN:
2026-yil 15-iyul kuni Kogon shahar Kengashining Ijtimoiy soha bo‘yicha doimiy komissiyasida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi boshlig‘i U.Elmurodovning hisobotlari ma’lumot uchun qabul qilindi.
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yoshlar uchun turli tadbirlarni moliyalashtirish belgilandi. Ajratilgan mablag‘larning manzilli va maqsadli ishlatilishi uchun Yoshlar ishlari agentligi mas’ul etib belgilandi.
Shuningdek, mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishi va to‘g‘ri sarflanishi ustidan monitoring olib borish vazifasi yuklatildi.
Qaror ijrosi nazorati komissiya raisi D.Raximova zimmasida.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash