Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Isxakov Doniyor Maxmudovich o‘z saylov okrugida mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi, ularga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar bilan ishlash mexanizmlarining samaradorligi, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash mezonlari hamda ijtimoiy himoya choralarining amaldagi ijrosi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Deputat tomonidan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi, shaffofligi va samaradorligini yanada oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z vaqtida qondirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.