Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson ijtimoiy xizmatlari xodimi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputatlarning saylovchilar oldida hisobot berish reja-grafigi tasdiqlandi
янв.21
Deputat tomonidan biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat Yangi Zamin mahallasida saylovchilar oldida hisobot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida qonunlar ijrosini o‘rganish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan fuqarolarning uy-joyi ta'mirlandi
янв.21
Mahalla faollari va "Mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda yagona zamonaviy istirohat bog‘i foydalanishga topshirildi

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari N. Sadinova, Sh. Musurminova va F. G‘aybullayev ishtirok etdilar.

Yangi istirohat bog‘i zamonaviy arxitektura va innovatsion yechimlar asosida barpo etilgan bo‘lib, unda sun’iy ko‘l, uzunligi 85 metr, balandligi 25 metr bo‘lgan oynali ko‘prik, hayvonot bog‘i, shahar manzarasini tomosha qilish imkonini beruvchi baland charxpalak, "Amerika tog‘lari" attraksioni, avtodrom hamda karting maydoni tashkil etilgan.

Mazkur majmua samarqandliklar va shahar mehmonlari uchun zamonaviy dam olish maskani sifatida xizmat qilishi, ichki turizmni rivojlantirish, aholining mazmunli hordiq chiqarishi hamda shahar turizm salohiyatini yanada oshirishga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 7