Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Veterinariya va chorvachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qilindi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
Tuman Mudofaa ishlari bo‘limida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha ishchi guruh tarkibi yangilandi
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
📌 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 Tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti o‘rganildi
янв.21
"Payshanba – Yoshlar kuni" loyihasi doirasidagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi
Deputat_so‘rovi

Deputat_so‘rovi

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputati tomonidan Chotqol mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda fuqarolar murojaatlari asosida aniqlangan muammolar yuzasidan ijro hokimyat organlariga shahar hokimining birinchi o'rinbosari Y.Naraliyevga deputat so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida Chotqol MFY Samarqand ko‘chasining 50-uydan 58-uygacha bo‘lgan 350 metr uzunlikdagi ichki yo‘lning shag‘al qoplamali ekani, yo‘lning bugungi kunda transport vositalari va piyodalar harakatlanishi uchun noqulay holatga kelgani aniqlandi.

Deputat so‘rovida mazkur yo‘lni mutaxassislar ishtirokida qayta o‘rganish, uni asfaltlashtirishni tegishli hududiy dastur yoki manzilli ro‘yxatga kiritish hamda zarur mablag‘lar ajratilib, amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.

Mazkur masala yuzasidan deputat so‘rovi ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olinib, tegishli tashkilotning qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javobi kutilmoqda.