Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Payshanba – Yoshlar kuni" loyihasi doirasidagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi
янв.21
Sessiya masalalarini puxta tayyorlash yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
“NAVBAHOR” MAHALLASIDA TUNGI YORITGICH CHIROQLARI OʻRNATILADIMI?
янв.21
Tuproqqal'ada yoshlar uchun muhim yangilik!🚀
янв.21
Dolzarb agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati va hamkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida ijro tashkilotining axboroti muhokama qilindi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
🔥JAZIRAMA OSTIDA HAM FIDOYILIK BILAN XALQ XIZMATIDA!

🔥JAZIRAMA OSTIDA HAM FIDOYILIK BILAN XALQ XIZMATIDA!

☀️ Yozning eng issiq va jazirama kunlarida ham «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Yunusobod tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari aholini sifatli, ishonchli hamda barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilmoqda. Issiq harorat va murakkab mehnat sharoitiga qaramasdan, tuman hududida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda ularning o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

⚡️🛠 Jumladan, tumanning «Firdavsiy» mahallasi hududida joylashgan, «Astronomicheskaya» podstansiyasining «Qozitarnov» uzatmasidan ta'minlanuvchi TP-6656-sonli transformator punktidagi 250 kVA quvvatli transformator yangi, zamonaviy 400 kVA quvvatga ega transformatorga almashtirildi.

⚡️🛠 Mazkur modernizatsiya ishlari natijasida elektr tarmoqlaridagi ortiqcha yuklama kamaytirilib, elektr ta’minotining barqarorligi va sifati yanada oshiriladi.

🏠 Natijada, «Firdavsiy» mahallasida istiqomat qilayotgan 300 ga yaqin iste’molchi yanada ishonchli va sifatli elektr ta’minoti bilan ta’minlanadi.

⚡️👷‍♂️👷‍♀️ Energetiklar yozning qizdiruvchi jaziramasiga qaramay, har bir xonadonda chiroq o‘chmasligi, har bir oilaga elektr energiyasi uzluksiz yetib borishi uchun tunu kun fidoyilik bilan mehnat qilmoqda. Zero, ularning mashaqqatli mehnati ortida minglab xonadonlar farovonligi va elektr ta’minotining barqarorligi mujassam.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4