35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💧 FUQAROLAR MUROJAATI VA DEPUTAT SO‘ROVI ETIBORDA: PITNAK KOLLEKTORIDA TOZALASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
📌 Deputatning sayyor qabuli uchun uyma-uy o‘rganishlar tashkil etildi
янв.21
📌 Mahalla faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 INSON QADRI UCHUN: DEPUTAT SO‘ROVI TIBBIYOT BIRLASHMASIGA YUBORILDI
янв.21
📌 10-Saidlar saylov okrugida uyma-uy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Mudofaa ishlari bo‘limi faoliyati va istiqboldagi vazifalar o‘rganildi
янв.21
📌 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholiga berilayotgan bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan hisobot o‘rganildi
EHТIYOJMAND OILALARNING UYLARINI TAʼMIRLASH ISHLARI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYLARGA CHIQIB OʻRGANILMOQDA.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2026-yil 12-martdagi VII-20-18-8-109-K/26-sonli qarori ijrosini taʼminlash, ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va sifatli ishlatilishini nazorat qilish maqsadida joylarda oʻrganishlar qizgʻin davom etmoqda.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlarni bevosita xonadonbay oʻrganish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Jamshid Raximqulov 17 -Yangi hayot saylov okrugida "Yangi hayot" mahallasida boʻldi.Kotibiyat mudiri J.Raximqulov "Yangi hayot " mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy reyestrda turgan hamda koʻmakka muhtoj fuqaro — Turopov Abdialim xonadoniga borib, u yerda olib boriladigan taʼmirlash ishlarining hajmi va tayyorgarlik jarayonlarini koʻzdan kechirdi.

Eslatib oʻtamiz: Mazkur Kengash qaroriga muvofiq, tumandagi I-guruh nogironligi boʻlgan va mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan 10 ta ehtiyojmand oilaning uylarini taʼmirlash hamda energiya samaradorligini oshirish belgilangan. Ushbu maqsadlar uchun "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamgʻarmasidan mablagʻ ajratilgan.
Oʻrganish davomida ushbu xonadonda amalga oshiriladigan quyidagi ishlarning rejalari kelishib olindi.Uylarning devor va tomlarini issiqlik saqlaydigan qilib izolyatsiya qilish.Energiya tejamkor zamonaviy eshik va derazalar oʻrnatish.Mutlaqo bepul va muqobil elektr energiyasi beruvchi quyosh panellari yoki geliokollektorlar oʻrnatish.

Xonadon egalari bilan suhbatda ularning fikr va istaklari tinglandi. Deputat tomonidan qurilish va jihozlash ishlarini sifatli tashkil etish, mablagʻni oʻz muddatida va manzilli yetkazish boʻyicha masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq vakillari tomonidan okruglardagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Maqsadimiz bitta — tumanimizda inson qadrini ulugʻlash va eng muhtoj oilalarga munosib shukurona hayot kechirishlari uchun sharoit yaratish!

Slide 1 of 5