35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💧 FUQAROLAR MUROJAATI VA DEPUTAT SO‘ROVI ETIBORDA: PITNAK KOLLEKTORIDA TOZALASH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
📌 Deputatning sayyor qabuli uchun uyma-uy o‘rganishlar tashkil etildi
янв.21
📌 Mahalla faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
📌 INSON QADRI UCHUN: DEPUTAT SO‘ROVI TIBBIYOT BIRLASHMASIGA YUBORILDI
янв.21
📌 10-Saidlar saylov okrugida uyma-uy o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
📌 Mudofaa ishlari bo‘limi faoliyati va istiqboldagi vazifalar o‘rganildi
янв.21
📌 Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
янв.21
📌 Aholiga berilayotgan bepul dori-darmonlar ta’minoti o‘rganildi
янв.21
📌 Sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan hisobot o‘rganildi
Doimiy komissiya yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi

#Doimiy_komissiya_faoliyati

Doimiy komissiya yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kun tartibidagi birinchi masala – “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining tumanda ijro etilishi, shuningdek, tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Panjiyevning hisoboti tinglandi. Hisobot davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinib, deputatlar tomonidan tegishli savol va takliflar bildirildi.

Shuningdek, kun tartibidagi ikkinchi masala – 2026-yil 1-mavsumida jamoatchilik fikri asosida “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening bog‘im” loyihasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi yuzasidan tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limining hisoboti eshitildi. Mazkur masala bo‘yicha deputatlar tomonidan loyiha ijrosining shaffofligini ta’minlash hamda aholi takliflarini inobatga olish yuzasidan tavsiya va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalari ma’qullanib, belgilangan tartibda Kengash sessiyasiga kiritish tavsiya etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7