Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Payshanba – Yoshlar kuni" loyihasi doirasidagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi
янв.21
Sessiya masalalarini puxta tayyorlash yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Tuproqqal'ada yoshlar uchun muhim yangilik!🚀
янв.21
“NAVBAHOR” MAHALLASIDA TUNGI YORITGICH CHIROQLARI OʻRNATILADIMI?
янв.21
Dolzarb agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati va hamkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida ijro tashkilotining axboroti muhokama qilindi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
#qonun_19_1_modda #doimiy_komissiya #deputatlik_nazorati #tavsiyalar #ekspert_guruhi #162_qonun
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun

10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi sanitariya inshooti o‘rganildi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati F. Aminov, Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev, deputat Sh. Isamutdinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z. Temirova tomonidan Kogon shahridagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Open budjet” loyihasi doirasida barpo etilgan zamonaviy sanitariya inshootining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur obyektning qurilish sifati, yaratilgan sharoitlar hamda undan foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Inshoot zamonaviy talablarga mos ravishda qurilgan bo‘lib, energiya tejamkorligini ta’minlash maqsadida quyosh panellari bilan jihozlangan.

Shuningdek, alohida ehtiyojga ega o‘quvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida panduslar o‘rnatilgani, obyektning barcha toifadagi o‘quvchilar uchun foydalanishga moslashtirilgani o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “Open budjet” loyihasi doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilgan ishlarning sifati hamda yaratilgan sharoitlarning samaradorligi deputatlik nazorati tartibida ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 5