Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M.Matyakubovning 2026-yil II choragi davomida tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Sessiyada hududdagi kriminogen vaziyat tahlil qilinib, ayniqsa kiberjinoyatlar profilaktikasini kuchaytirish, aholi, xususan yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kengaytirish, profilaktik hisobdagi shaxslar bilan manzilli ishlash hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorligini yanada mustahkamlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oilaviy zo‘ravonlik, odam savdosi hamda boshqa salbiy holatlarning profilaktikasini kuchaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

✅ Mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 3