Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sessiya kun tartibidagi masala o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati O‘zXDP a’zosi U.Abdunazarov tomonidan Bekobod shahar “Nurli yo‘l” mahallasida Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklarni kamaytirish yuzasidan Bekobod shahar IIB boshlig‘ini hisoboti yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi. Mazkur mahallada 1189 ta oilalarda 4055 nafar fuqarolar istiqomat
qiladi. Hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida o‘tgan davr mobaynida hududda jinoyatchilikka yo‘l qo‘yilmagan. Voyaga yetmaganlar orasida ham jinoyatlik qayd etilmagan. Notinch oilalar 8 tani, probatsiya nazoratida turganlar 6 tani tashkil etib, ular bilan tizimli ravishda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.
  

Slide 1 of 2