Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Veterinariya va chorvachilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror qabul qilindi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
Tuman Mudofaa ishlari bo‘limida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha ishchi guruh tarkibi yangilandi
янв.21
📌 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
📌 Tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti o‘rganildi
янв.21
"Payshanba – Yoshlar kuni" loyihasi doirasidagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi
Kengash_faoliyati

🌐 Ravon yo‘llar — hudud taraqqiyoti va aholi farovonligining muhim omili!

✅Bandixon tumanida aholi turmush sifatini yaxshilash, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish hamda ichki yo‘llarni ta'mirlash borasidagi bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.

✅O‘rg‘ulsoy mahalla fuqarolar yig‘inining “Irmoq” ko‘chasida 1 650 metr masofada asfalt qoplamasi yotqizish ishlari tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan belgilangan dastur asosida amalga oshirilmoqda.

✅Mazkur bunyodkorlik ishlari yuzasidan Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 13-“Farovon” saylov okrugidan saylangan deputat Pardayev Azamat Almardanovich tomonidan obyekt joyiga chiqilib, amalga oshirilayotgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi. O‘rganish davomida ishlarning sifati, belgilangan me'yor va muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

✅Ushbu ko‘cha aholisi yillar davomida yoz oylarida chang-to‘zon, qish mavsumida esa loy va harakatlanishdagi qiyinchiliklar sabab noqulayliklarga duch kelib kelgan edi.

✅Bugungi bunyodkorlik ishlari natijasida ushbu muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, fuqarolar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy yo‘l infratuzilmasi yaratilmoqda.

✅Xalq deputatlari sifatida hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi hamda har bir loyihaning sifatli bajarilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

✅Har bir obod ko‘cha — aholining munosib turmushi, har bir yangi yo‘l esa Bandixon taraqqiyoti va kelajagi sari tashlangan muhim qadamdir.

Slide 1 of 8