Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Payshanba – Yoshlar kuni" loyihasi doirasidagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi
янв.21
Sessiya masalalarini puxta tayyorlash yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
“NAVBAHOR” MAHALLASIDA TUNGI YORITGICH CHIROQLARI OʻRNATILADIMI?
янв.21
Tuproqqal'ada yoshlar uchun muhim yangilik!🚀
янв.21
Dolzarb agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati va hamkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida ijro tashkilotining axboroti muhokama qilindi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Bitiruvchi yoshlar bilan kasb-hunar tanlash masalalari muhokama qilindi

#24_ta_masala

Bitiruvchi yoshlar bilan kasb-hunar tanlash masalalari muhokama qilindi

☯️Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati R.Djo‘rayev tomonidan bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning kelgusida munosib kasb egallashi hamda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan amaliy tushuntirish ishlari olib borildi.

☯️Suhbat davomida yoshlarning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib kasb tanlashning ahamiyati, bugungi kunda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar, kasb-hunar egallash orqali bandlikni ta’minlash imkoniyatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

☯️Shuningdek, bitiruvchilarga kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyati, o‘qishni davom ettirish istiqbollari va o‘z ustida muntazam ishlashning ahamiyati yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

☯️Yoshlarning kelajagini to‘g‘ri rejalashtirish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash borasidagi targ‘ibot-tushuntirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube