Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tarbiyachilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Sobirjon Allayarov tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, tarbiyachilar faoliyati hamda ta’lim sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga deputat tomonidan tegishli tushuntirish va javoblar berildi.