Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Payshanba – Yoshlar kuni" loyihasi doirasidagi tadbirlar rejasi muhokama qilindi
янв.21
Sessiya masalalarini puxta tayyorlash yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
“NAVBAHOR” MAHALLASIDA TUNGI YORITGICH CHIROQLARI OʻRNATILADIMI?
янв.21
Tuproqqal'ada yoshlar uchun muhim yangilik!🚀
янв.21
Dolzarb agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
янв.21
📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati va hamkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal'a tuman  Kengashi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida ijro tashkilotining axboroti muhokama qilindi
янв.21
Tuman tibbiyot birlashmasida qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Muammolar o'rganildi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Sh.Matirzayev hamda kotibiyat xodimi Z.Darmonovlar tomonidan 11-Xolimbeg saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tungi yoritilishi hamda aholining kundalik harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida Xolimbeg ko'chasidagi zaxkash (kollektor) ustidan o'tuvchi ko‘prikning holati xavfli avariya holatida ekanligi aniqlandi. Mazkur ko‘prikdan har kuni aholi, transport vositalari hamda o‘quvchilar foydalanayotgani va ayrim joylarida yemirilish hamda yon qismlarida nosozliklar va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan holatlar kuzatilayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotga murojaat kiritish hamda ko‘prikni ta’mirlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalasi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3